Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 27:
Shunda u xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. Manbalarga koʻra bu boshqa xonada yotgan bir chaqaloq boʻladi. U chaqaloq Allohning qudrati bilan soʻzladi: „Agar Yusufning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin rost aytibdi, u yolgʻonchidir. Agar uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf rost aytibdi. Xotin yolgʻonchidir“. Haligi xotinning eri Yusufning koʻylagi orqa tomondan yirtilganini koʻrib: „Bu siz ayollarning makringiz. Albatta, sizlarning makrlaringiz buyuk makr boʻldi. Ey, Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding“, — dedi.
 
Bu gap shaharga tarqadi. Shahar ayollari: „Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u ayolni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz“, — deyishdi.(BunBu yerdagi Aziz — haligi ayolning eri. Oʻsha paytlarda sanoat ishlari bilan shugʻullangan kishilarni „Aziz“ deb atashgan.) Ayolning qulogʻiga shahardagi gap-soʻzlar yetib bordi. Keyin ularni odam yuborib bir joyga chaqirtirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va har birlarining qoʻllariga pichoq berdi. Soʻng Yusufga: „Ularning oldiga chiq!“, — dedi. U ayollar Yusuf alayhissalomni koʻrgan paytlarida lol qoldilar, es-hushlarini yoʻqotganlaridan qoʻllarini qiymaladilar. Amma ogʻriqni his etmadilar. Shunda ular: „Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!“, — deyishdi. Soʻng Yusufga intilishdi, hammalari uning nafsini xohladi.
 
Shu holatda u ayol oʻzini ulardan gʻolib sezdi va: „Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur“, — dedi.