Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 17:
Yusufni sotib olgan amaldor xotiniga: „Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak“, — dedi. Bu paytda Yusufning yoshi oʻn ikkida edi. Mana shunday qilib, Yusuf misrlik amaldorning qoʻlida xuddi oʻz oʻgʻlidek katta boʻladi. Voyaga yetgan vaqtida Alloh taolo unga hukmni va ilmni ato etdi. Albatta, u goʻzal amal qiluvchi bandalardan edi.
 
Soʻzimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom goʻzal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni oʻz qaramogʻiga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni berkitdi va Yusufga: „Yonimga kel“, — dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: „Alloh saqlasin! Axir u joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar“, — dedi. Yusuf alayhissalom, bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Xoʻjasini unga qilgan yaxshiliklarini koʻrib turib, unga xiyonat qilishdan tiyildi, fahshga aralishib, zolimlardan boʻlib qolishni xohlamadi.
 
Keyin haligi ayol unga intildi, shunda Yusuf alayhissalom Allohning burhon-hujjatini koʻrdi. Alloh taolo Yusuf alayhissalomdan fahshni ana shunday qilib tiyib qoʻydi. Albatta Yusuf alayhissalom muxlis bandalardandir.
Qator 25:
Keyin Yusuf alayhissalom eshik tomon chopdi. Uning ortidan u ayol ham yugurdi. Soʻng u ayol Yusufning koʻylagini orqasidan yirtdi. Shunda eshik oldida u xotinning eriga duch kelishdi. Shunda ayol makr qilishni boshladi va eriga: „Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi qamalmoq yoki alamli azobdir“ - dedi. Yaʼni Yusuf alayhissalomni ayblay boshladi. Yusuf esa: „Uning oʻzi mening nafsimni xohladi“, — dedi.
 
Shunda u xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. Manbalarga koʻra, bu boshqa xonada yotgan bir chaqaloq boʻladi. U chaqaloq Allohning qudrati bilan soʻzladi: „Agar Yusufning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin rost aytibdi, u yolgʻonchidir. Agar uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf rost aytibdi. Xotin yolgʻonchidir“. Haligi xotinning eri Yusufning koʻylagi orqa tomondan yirtilganini koʻrib: „Bu siz ayollarning makringiz. Albatta, sizlarning makrlaringiz buyuk makr boʻldi. Ey, Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding“, — dedi.
 
Bu gap shaharga tarqadi. Shahar ayollari: „Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u ayolni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz“, — deyishdi.(Bu yerdagi Aziz — haligi ayolning eri. Oʻsha paytlarda sanoat ishlari bilan shugʻullangan kishilarni „Aziz“ deb atashgan.) Ayolning qulogʻiga shahardagi gap-soʻzlar yetib bordi. Keyin ularni odam yuborib bir joyga chaqirtirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va har birlarining qoʻllariga pichoq berdi. Soʻng Yusufga: „Ularning oldiga chiq!“, — dedi. U ayollar Yusuf alayhissalomni koʻrgan paytlarida lol qoldilar, es-hushlarini yoʻqotganlaridan qoʻllarini qiymaladilar. AmmaAmmo ogʻriqni his etmadilar. Shunda ular: „Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!“, — deyishdi. Soʻng Yusufga intilishdi, hammalari uning nafsini xohladi.
 
Shu holatda uAzizning ayolayoli oʻzini ulardan gʻolib sezdi va: „Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur“, — dedi.
 
Yusuf alayhissalom shunda: „Ey, Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra menga qamoq mahbubroqdir. Bu ayollarning makrini mendan nari qilmasang, johillardan boʻlib qolaman“, — dedi. Bas, Alloh uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Allohning Oʻzi eshitguvchi va bilguvchi zotdir.