Steve Jobs — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali iOS app edit
 
2003-yil Stiv Jobsning [[oshqozonosti bezi]]da [[rak]] paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil [[jigar]]ini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning bosh direktorli (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi ([[metastaz]]i) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.<ref>[http://infoman.uz/2011/10/steve-jobs-dead/ Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs vafot etdi], ''infoman.uz''</ref><ref>[http://www.nytimes.com/2011/10/06/business/steve-jobs-of-apple-dies-at-56.html?_r=1 Steve Jobs, Appleʼs Visionary, Dies at 56], ''The New York Times''</ref><ref>[http://lenta.ru/news/2011/10/06/stevejobs/ Umer Stiv Djobs], ''Lenta.ru''</ref>
 
Bolalari hawidaham yozinglar
== Ish faoliyati ==
[[Tasvir:Logo Apple.inc.gif|thumb|160px|left|Tishlangan olma  — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.]]
 
=== Ilk yillar ===
 
=== NeXT ===
1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib [[NeXT]] degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter [[animatsiya]]si sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "[[Oʻyinchoqlar tarixi]]" (''Toy Story'')  — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi.
 
1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.
Anonim foydalanuvchi