Qayin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Qayin''' — [[qayindoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub barg toʻkuvchi [[daraxt]] va [[buta]]lar [[turkum]]i. Oq Q., kareliya Q.i, yumshoq yoki tukli Q., dauriya Qayin yoki qora Q., yapaloq bargli Q. kabi 100 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Asosan, Shimoliy yarim sharning moʻtadil va sovuq iqlimli rayonlari hamda subtropik mamlakatlarida tarqalgan. [[Gʻarb]]iy [[Yevropa]]ning 65° gacha shimoliy kengliklarida, [[Rossiya]] Yevropa qismining oʻrmon va oʻrmondasht zonasida, Gʻarbiy [[Sibir]], [[Zabaykalye]], [[Sayan togʻlari|Sayan]], [[Oltoy]] va [[Kavkaz]]da uchraydi. [[Ignabargli oʻsimliklar|Ignabarglilar]] va bargli daraxtlar bilan aralash oʻsib, keng Q. oʻrmonlari hosil qiladi.
[[File:Illustration Betula pendula0.jpg|thumb|Betula pendula]]
 
[[Oʻrta Osiyo]]da 2 turi: Turkiston va Tyanshan Q.lari tarqalgan. Toʻqayzorlarda, 5—6 ga maydonlarda alohida yoki aralash oʻrmonlar tashkil qilib, togʻ daryolari qirgʻoqlarida ingichka polosalar holida oʻsadi. Baʼzi joylarda yongʻoqzorlar, archazorlar, oqqaragʻayzorlarda tabiiy holda uchraydi. Turkiston Q.i ({{lang|la|''B. turkestanica''}}<!--В. 1игке§1ашка-->) [[Tyan-Shan|Tyanshan]]-[[Olay tizmasi|Olay]] togʻ [[daryo]]lari boʻylarida uchraydi. Boʻyi 8–17 m. [[Poʻstloq|Poʻstlogʻi]] oqsariq, tanasidan tez koʻchadi. [[Barg]]lari ketmaket joylashgan tuxumsimon, tigʻsimon. [[Gul]]lari ayrim jinsli, [[bir uyli oʻsimliklar|bir uyli oʻsimlik]]. [[Toʻpgul]]i [[kuchala]]. Aprel oyida gullab, oktyabrda urugʻlaydi. Tyanshan Q.i yoki qizil Q. ({{lang|la|''B. tianschanica''}}<!--В.Иапзспашса-->) Tyanshan togʻlari vo’diylarida yakka holda yoki toʻptoʻp boʻlib uchraydi. Daraxtining boʻyi 20 m gacha yetadi. Shoxshabbalari keng, qalin. Poʻstlogʻi qatlamqatlam. Barglari toʻq kulrangyashil, rombsimon. Yosh [[novda]]larida smolali soʻgallari bor. 8—15 yoshidan gullay boshlaydi. Q. yorugʻsevar, sovuqqa chidamli, qurgʻoqchilikka bardoshli. Turli tuproqiqlim sharoitlarida oʻsa oladi. 40—120 (150) yil yashaydi. Q.dan shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi, yogʻochidan parket, faner, changʻi va boshqalar, ayrim turlarining yogʻochidan qimmatbaho mebel tayyorlanadi. Poʻstlogʻidan qatron, barglaridan boʻyoq olinadi, kurtagi va kuchalasi qushlar uchun yaxshi ozuqa. Q. sharbati, kurtagining qaynatmasi va tindirmasi tibbiyotda qoʻllaniladi.