Musa Yerniyazov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Khasan azim1 (munozara | hissa)
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 63:
 
== Oʻlimi ==
[[2020-yil]] [[24-iyun]] kuni Musa Yerniyazovda [[COVID-19 infeksiyasi]] tasdiqlangan va u akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, o‘tkir jigar va buyrak yetishmovchiliklari, bosh miya shishi, insult kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.<ref>https://daryo.uz/2020/08/01/ozssv-musa-yerniyazovda-koronavirus-24-iyunda-tasdiqlanganini-malum-qildi-iyul-boshida-uning-kasalligi-yashirilgan-edi/</ref>
2020 ning 18 iyul kuni Sogʻliqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, Erniyazov koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan va uning salomatligi barqaror va Nukusda davolandi.<ref>https://t.me/ssvuz/2247</ref> Keyinchalik u IVL apparatiga ulanganligi va uning sogʻligʻi yomonlashganligi maʼlum boʻldi. [[2020-yil]] [[31-iyul]]da koronavirus infektsiyasidan kelib chiqqan asoratlardan vafot etdi.<ref>{{Cite web|url=https://uza.uz/ru/society/skonchalsya-predsedatel-zhokargy-kengesa-respubliki-karakalp-31-07-2020|title=УзА - Скончался председатель Жокарги Кенеса Республики Каракалпакстан Муса Ерниязов​|website=uza.uz|accessdate=2020-07-31}}</ref>
 
[[1-avgust]] O‘zbekiston Respublikasi prezidenti [[Shavkat Mirziyoyev]] kuni [[Nukus]]ga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi va shu yerda marhum haqiga Qur'on tilovat qilindi. <ref>https://kun.uz/uz/news/2020/08/01/u-kishiga-juda-ishonardim-qoraqalpogistondan-konglim-toq-edi-shavkat-mirziyoyev-musa-yerniyazov-qabrini-ziyorat-qildi</ref>
 
{{quote|''Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz.''|[[Shavkat Mirziyoyev]]}}