Tyan-Shan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{birlashtirish|Tyanoʻpan}}
[[Fayl:Peak of Khan Tengri at sunset.jpg|thumb|250px]]
'''Tyan-Shan''' ([[xitoy tili|xitoycha]]: ''tyan'' — osmon, ''shan'' — togʻ), [[Markaziy Osiyo]]dagi eng baland va uzoq masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Tojikiston]] va [[Oʻzbekiston]]da, sharqiy qismi esa [[Xitoy]] hududidadir. T. bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. T. shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, janubda Fargʻona va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning oʻrta qismi, sharkda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shim.da Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, jan.gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham T. tarkibiga kiritadilar. T.ga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa (Qoratogʻ, Fargʻona, Nurota va boshqalar) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi Kirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi Gʻalaba choʻqqisi (bal. 7439 m). Uning yaqinida bal. 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoklanib, pasayib boradi.
'''Tyan-Shan''' ([[xitoy tili|xitoycha]]: ''tyan'' — osmon, ''shan'' — togʻ), '''Tangirtogʻ''' — [[Osiyo]]ning markaziy qismidagi yirik togʻ tarmogʻi.
 
T. orografik jihatdan Shim. Tyanshan, Markaziy (yoki Ichki) Tyanshan, Gʻarbiy Tyanshan va Sharqiy Tyanshanga boʻlinadi, Shimoliy T.ga Qirgʻiziston, Talas Olatovi, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov tizmalari va Chu hamda Talas vodiylari kiradi. Shimoliy T. Markaziy T.dan berk botiklar — Issiqkoʻl, Qoʻchqor, Jum/ol, Susamir, Ketmontepa botikdari bilan ajralib turadi.
 
Markaziy (Ichki) T. shimolda Terskay Olatovi, jan.sharqda Qaqshaltov va gʻarbda Fargʻona tizmasi orasidagi juda katta maydonni egallaydi. U sharkda Xontangri togʻ tuguniga borib taqaladi (baʼzi tadqiqotchilar, mas., N. A. Gvozdetskiy T.ning eng baland qismi boʻlmish bu togʻ tuguni va uning atroflarini Markaziy T. deb atab, undan gʻarbdagi tizma va vodiylarni Ichki T.ga kiritadilar). Ularning oraligʻida tektonik botiqlar (Norin, Otboshi, Olabugʻa, Jum/al, Toʻqtagʻul va boshqalar) joylashgan boʻlib, ular T. "sirtlari" deb ataladi. Tektonik botiklarning balandligi gʻarbiy qismida 2000–2500 m, sharqida 4000 m ga yetadi. Yer yuzasi keng va tekis yassi vodiylar boʻlib, dare va kdd. muzliklar qoldirgan yotqiziqlar bilan qoplangan, daryolar bilan oʻyilgan. Ayrim botiqlarda koʻllar (Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl) hosil boʻlgan.
 
Gʻarbiy T. jan.gʻarbga tomon yelpigʻichsimon taralib ketgan Qorjontov, Ugom, Piskom, Koʻksuv, Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan iborat. Bular bir-biridan Piskom, Chorvoq, Yuqori Chatqol, Chirchiq togʻ oraligʻi botiqlari orqali ajralgan. Sharkiy T. — togʻ sistemasining Xitoy hududidagi qismi. U deyarli kenglik boʻylab yoʻnalgan ikki guruh togʻ tizmalaridan iborat. Shim. guruhga Boroxoro, IrenXabirga (eng baland joyi 5500 m), Sanji Muztogʻ, Bogdoshan (BogdoOʻla togʻi —5445 m), Barqultogʻ, Mechinoʻla, Qarliqtogʻ tizmalari; jan. Guruxga — Xoliqtov, Koʻkteketov, Boroxotan, Quruqtogʻ va Qiziltogʻ kiradi. Sharkiy Tyanshanning togʻ etagida Turfon (chuq. — 154 m) botigʻi joylashgan. T.ning balandtogʻ qismi serqirra va qoyali, qad. va hozirgi zamon muzliklarining ishi natijasida kelib chiqqan alp tipidagi relyef shakllari (trog , sirk, karrlar), ularning yon bagʻirlarida esa qurumlar, vodiylar tubida morena (muzlik yotqizikdari) uyumlari keng tarqalgan. 3200–3500 m dan yuqori qismlarida koʻp yillik muzliklar tarqalgan boʻlib, ularning qalinligi 20–30 m dan oshmaydi. Faqat Oqsoy — Choʻtirqoʻl botigʻining baʼzi qismlarida 100 m dan ziyod. Dengiz sathidan ancha balandda joylashgan botiqlarda gidrolakkolitlar, torf doʻnglari hosil boʻlgan, yon bagʻirlarida soliflyukatsiya (yuzlama surilmalar) boʻlib turadi. Yaqin geologik oʻtmishda qad. muzliklardan boʻshagan botiqlarda har xil kattalikdagi koʻllar, baʼzilarida botqoqliklar vujudga kelgan. Oʻrtacha balandlikdagi va past togʻli qismlarida oqar suvlarning ishi, gravitatsion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari (dara, terrasa, surilma, konus simon yoyilma va boshqalar) keng tarqalgan.
 
T.ning bu kismida turli balandliklarda tekislangan yuzalar, tizmalarning etaklarida adirlar, yirik konussimon yoyilmalar, bir necha oʻnlab km ga choʻzilgan prolyuvial shleyflar uchraydi. T.dagi tog tizmalari kuchli burmalangan tokembriy, paleozoy choʻkindi, metamorfik va otqindi togʻ jinslari—slanets, qumtosh, ohaktosh, marmar, gneys, granit, granodiorit va boshqalardan tashkil topgan, botiklar, dare vodiylari, adirlar, qisman, tizmalar yon bagʻirlari mezozoy va kaynozoy davrlari choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. T. turli tektonik strukturalar (antiklinoriy, antiklinal, sinklinoriy, sinklinal) shaklida kaledon va gersin burmalanishi bosqichlaridan hamda yangi tektonik xarakatlar (gorst, graben) taʼsirida vujudga kelgan. Shu bois T.da ikki yirik struktura: kaledonitlar va gersinidlar mavjud boʻlib, ular bir-biridan chukur yer yorikdari orqali ajralgan. Kaledonitlarga Shim., kisman Markaziy va Sharkiy T.dagi tizmalar (Ketmon, Kirgiz, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Susamir, BogdoOʻla va boshqalar), gersinidlarga Krratov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama, Qaqshaltov, Xoliqtov, Fargʻona va boshqa tizmalar kiradi.
 
Gersin burmalanishi bosqichidan keyin T.dagi tizmalar tektonik harakatlarning juda susayishi natijasida yassilanib tekislangan (peneplenga aylangan). Mezozoy erasi, paleogen davrida va neogenning boshlanishida T. platforma bosqichini oʻtagan. Neogen davrining oxiri va toʻrtlamchi davr mobaynida T.da yangi tektonik harakatlar boshlanib, ular hozirgi ham davom etmoqda. Mazkur tektonik harakatlar natijasida T.ning hozirgi relyefi shakllanmoqda, kaledon va gersin burmalanishlari davrlarida paydo boʻlgan antiklinoriy, antiklinal va gorstlar oʻrnida togʻ tizmalari, sinklinoriy, sinklinal va grabenlar oʻrnida esa mezozoy, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr choʻkindi yotqizikdari bilan qoplangan togʻ oraligʻi botiqlari vujudga kelgan. Yangi tektonik harakatlar differensial xususiyatga ega boʻlib, ularning amplitudasi 8–10 km dan ziyod boʻlgan.
 
T. nisbatan kuyi geografik kengliklarda va Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligi, deyarli hamma tomondan choʻllar bilan oʻralganligi, relyefining murakkabligi, koʻp qismi katta balandliklarga koʻtarilganligi, tizmalar yon bagʻirlari turli eskpozitsiyaga ega bulganligi sababli iklimi umuman kontinentaldir. T.ning asosiy qismi moʻʼtadil ikdim mintaqasida joylashgan. Jan.garbiy va jan. qismlari subtropik iklim mintaqasi chegarasida joylashganligi sababli uning quyi balandliklariga quruq subtropiklarning taʼsiri seziladi. T.ga nam havo oqimlari gʻarbdan keladi. Relyefining murakkabligi va kuchli parchalanganligi uning hududida issiklik va namlikning har xil taqsimlanishiga sabab boʻlgan. Tizmalarning etaklaridagi vodiylarda iyulning oʻrtacha trasi 20°—25°, oʻrtacha balandlikdagi vodiylarda 15°— 27°, baland togʻli qismlarida 5° va undan ham past. Eng yuqori tra 30°— 35° ga yetadi. Oʻrtacha balandlikdagi vodiylarda yanvar
 
ning oʻrtacha trasi —6° dan past, ayrim vodiylarda —16°, —20°. Qishda baland qismlarida (muzlik va doimiy qorlar tarqalgan) tra —30° gacha pasayadi. T.da yogʻinning taqsimlanishida tizmalarning balandligi, yoʻnalishi, yon bagʻirlarining ekspozitsiyasi katta rol oʻynaydi. Tizmalar etaklaridagi tekisliklarda yillik yogʻin 150 – 300 mm, tizmalar etaklari va past togʻlarda 300–450 mm, oʻrtacha balandlikdagi qismida esa 800–1600 mm. Togʻ oraligʻi botiqlarida yogʻingarchilik kam (100–400 mm). T.da eng koʻp yogin tizmalarning shim., shim.gʻarbiy, jan.gʻarbiy yon bagʻirlarida (2000 mm va undan ziyod). Yoginning asosiy kismi T.ning katta qismida yoz oylarida, jan. qismida esa bahor oylarida tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qor shaklida yogʻadi va uzoq vaqt saklanib turadi. Qor qoplami tizmalar etaklarida 2—3 oy, oʻrtacha balandlik qismida 6—7 oy, baland togʻli qismida esa 9—10 oy saklanadi. Togʻ oraligʻi botiqlarida qor qoplami qalin emas.
 
T.da qor chizigʻi shim.gʻarbida 3600– 3800 m dan, markazida 4200–4450 m balandlikdan oʻtadi. Unda doimiy qor va muzliklar koʻp (eng kattasi Markaziy T.dagi Inilchiq muzligi). Muzliklarning eng katta markazlari Xontangri, Terskay Olatovi, Qaqshaltov togʻ tugunlaridir.
 
T. — Oʻrta Osiyoning ichki suvlari shakllanadigan hududlaridan biri. Daryolari, asosan, muzlikqorlarning erishidan, yomgir, yer osti suvlaridan toʻyinadi va berk havzalarga (Orol, Issiqkoʻl, Balxash va boshqalar) quyiladi, yoki tekislik, togʻoldi va atrofidagi choʻllarga chiqib, yerga singib ketadi va turli xoʻjalik maqsadlari uchun sarflanadi. T.ning yirik daryolariga Sirdaryo va uning irmoqlari (Norin, Qoradaryo, Ohangaron, Chirchiq, Keles, Aris va boshqalar), Chu va irmoqlari (Juvonariq, Qoʻchqor), Talas va irmoqlari (Tekes, Kunges, Qosh, Charin va boshqalar), Juuka, Jettioʻgʻuz, Tup, Tarim va irmoklari (Oqsuv, Tavkandaryo, Sarijaz) va boshqa kiradi. T. daryolarida bir qancha gidrotexnik inshootlar: suv omborlari, gidroelektr stansiyalari — Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Qayroqqum, Chorvoq va boshqa barpo etilgan. T.da koʻl koʻp. Ularning eng yiriklari tektonik koʻllar: Issiqkoʻl, Sarichelak, Soʻnkoʻl, Bagrashkoʻl, Choʻtirkoʻl. Ulardan tashqari daryo yon bagʻirlarining qulashi, surilishi, muzliklarning ishi natijasida vujudga kelgan koʻplab kichik koʻllar (Aralash, Qugʻala, Ixnach, Toychoq, Jasilkoʻl va boshqalar) mavjud. T.da koʻplab muzliklar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 10,2 ming km² chamasida. Sharqiy T.da ham muzlik koʻp, ularnig umumiy maydoni 2,7 ming km² dan ziyod, IrenXabirga va Xoliqtov tizmalarida ular, ayniqsa, keng tarqalgan. T.da muzliklarning daraxtsimon, vodiy, karr, sirk, osilib turuvchi, egar, tekis yuzali, shleyf kabi tiplari tarqalgan. Hozirgi davrda iqlimning global oʻzgarishi natijasida muzliklar uzunligi, maydoni qisqarib bormoqsa.
 
T. tuproqoʻsimlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiiy landshaftlariga koʻra, 4 geografik oblastga boʻlinadi. Bu oblastlar, asosan, orografik birliklarga toʻgʻri keladi.
 
Shimoliy T. — geologik jihatdan eng qad., iklimi keskin kontinental. Tuproqoʻsimlik qoplami va hayvonotida boreal tabiatning taʼsiri bor; tipik togʻoʻtloq va qora tuproqsimon tuproklar koʻp uchraydi. Oblast uchun sibir oqqaragʻayi, T. krraqaragʻayi va turli oʻtboshoqli oʻsimliklar xos. Sut emizuvchilardan: oʻtkirtish, uzunburuncha, kutora, har xil sichqonlar; qushlardan — qizilishton, kedrovka, qironqora va qirgʻiy koʻp. Qoraqaragʻay oʻrmonlarida silovsin, qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, oq sichqon yashaydi. Balandlik mintaqalari: 700–900 m — shuvoqbetagachalov oʻsadigan qurgʻoqchil dashtlar; 900 – 1700 m — boshokli oʻtlar tarqalgan tog oldi dashtlari; 1700 – 3000 m — qoraqaragʻay oʻrmonlari, butazorlar, baland boʻyli oʻtlar, oʻtloq dashtlar hamda togʻ boshoqli dashtlari; 3000 – 3500 m subalp oʻtloklari va oʻtloq dashtlar hamda togʻ boshoqli dashtlari; 3500 – 4000 m alp oʻtloklari va oʻtloqdashtlari, kobreziya yalangliklari; 4000 – 5000 m hozirgi zamon muzliklari mintaqasi.
 
Markaziy T.da kontinentallik yanada kuchayadi, yillik yogʻin miqdori kamayadi, sovuqsiz davr qisqa. Sirtlar keng tarqalgan. Togʻ qoratuprogʻi, togʻ oʻtloqidasht, sirtlarda — dashtoʻtloqi tuproqlari keng tarqalgan. Oʻsimlik qoplamida togʻ sovuq choʻli va dashtlarning kserofit usimliklari xos. Togʻ choʻli va dashtlarda qoplon, arxar, dasht sassiqkoʻzani, qoʻshoyoq, olaxurjun va tuvaloqdar yashaydi. Pastdan yuqoriga tomon quyidagi landshaft mintaqalari almashinib boradi: chala choʻl; quruq va turli oʻtboshoqlilar oʻsadigan dashtlar; subalp butazorlari, oʻtloqlari, oʻtloq dashtlari va dashtlari; alp oʻtloqlari, balandtogʻ oʻtloq dashtlari, dashtlari qamda choʻllari; nival mintaqa.
 
Gʻarbiy T. relyefining nihoyat darajada parchalanganligi, yogʻin miqdorining ortishi, Gʻarbiy Osiyoga xos hayvon va oʻsimliklarning koʻp uchrashi bilan ajralib turadi; tabiatida subtropiklarga xos xususiyatlar mavjud. Balandlik mintaqalari ham oʻziga xos (Fargʻona togʻ tizmasining jan. yon bagʻrida) 600 – 800 m dan 1500 m gacha — togʻ etagi tekisliklari; 1500 – 2000 m — siyrak archazorlar bilan kserofil butazorlar uchraydigan bugʻdoyiqshuvoqbetagali dashtlar, 2000 – 3000 m keng oʻrmonlar; 3000 – 3500 m baland boʻyli subalp oʻtloqlari; 4000 – 5000 m — nival mintaqa.
 
Sharqiy T.da Markaziy Osiyo togʻlariga xos landshaftlar tarqalgan. Kontinentallik juda kuchli. Namlik kam. Togʻ botiqlari ham qurgʻoqchil; shoʻrxoklar uchraydi. Shim. tizmalardagina yillik yogʻin miqdori 300 mm gacha, markaziy va jan. tizmalarda 50–100 mm. Yozgi tra 20° — 25° gacha; yanvarning trasi togʻ vodiylarida —7°, —10°, togʻ tepalarida esa —25°gacha; qishi uzoq davom etib, quruq keladi: Togʻ etaklari dasht va chala choʻllardan iborat, yon bagʻirlarida (1800 – 3000 m) qaragʻay, qoraqaragʻay, togʻterak va qayragʻoch oʻrmonlari bor. 3000 m dan baland joylari yozgi yaylov. Hayvonlardan maral, togʻ echkisi, arxar, qobon va bars yashaydi. Oʻrmonlar va daryo boʻylarida qush koʻp. Foydali qazilmalardan mis, qoʻrgʻoshin, nodir metallar, toshkoʻmir konlari bor. Rangli metall konlaridan Olmaliq mis koni, Konsoy, Achchisoy qoʻrgʻoshin konlari mashhur. Qurama togʻlaridan volfram va mishyak, Qoratovdan fosforit qazib olinadi. Qurilish materiallari, tuzlar, termal va mineral suvlar mavjud.
 
T.da bir qancha qoʻriqxonalar: Issiqkoʻl, Olmaota, OqsuvJabagʻli, Sarichelak, Chatqol togʻoʻrmon qoʻrikxonalari, shuningdek, bir qancha buyurtma hududlar (jumladan, Jan.Gʻarbiy T.ning yongʻoqmeva oʻrmonlari) bor.
 
== Joylashishi ==