Tyan-Shan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Peak of Khan Tengri at sunset.jpg|thumb|250px]]
 
'''Tyan-Shan''' ([[xitoy tili|xitoycha]]: ''tyan'' — osmon, ''shan'' — togʻ), yoki '''Tangritogʻ''' — [[Markaziy Osiyo]]dagi eng baland va uzoq masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Tojikiston]] va [[Oʻzbekiston]]da, sharqiy qismi esa [[Xitoy]] hududidadir. Tyan-Shan bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Tyan-Shan shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, janubda Fargʻona va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning oʻrta qismi, sharkda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, janubi-gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham Tyan-Shan tarkibiga kiritadilar. Tyan-Shanga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa (Qoratogʻ, Fargʻona, Nurota va boshqalar) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi Kirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi Gʻalaba choʻqqisi (balandligi 7439 m). Uning yaqinida balandligi 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi.
 
== Joylashishi ==