Tyan-Shan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Peak of Khan Tengri at sunset.jpg|thumb|250px]]
 
'''Tyan-Shan''' ([[xitoy tili|xitoycha]]: ''tyan'' — osmon, ''shan'' — togʻ) yoki '''Tangritogʻ''' — [[Markaziy Osiyo]]dagi eng baland va uzoq masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Tojikiston]] va [[Oʻzbekiston]]da, sharqiy qismi esa [[Xitoy]] hududidadir. Tyan-Shan bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Tyan-Shan shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, janubda [[Fargʻona]] va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning[[Sirdaryo]]ning oʻrta qismi, sharkdasharqda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, janubi-gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham Tyan-Shan tarkibiga kiritadilar. Tyan-Shanga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa ([[Qoratogʻ]], Fargʻona, [[Nurota]] va boshqalar) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi KirgʻizistonQirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi [[Gʻalaba choʻqqisi]] (balandligi 7439 m). Uning yaqinida balandligi 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi.
 
== Joylashishi ==