Barg urovchilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Barg urovchilar''' (Tortricidae) - mayda yoki o‘rtacha kattalikdagi kapalaklar oilasi. Qalin tukli tangachalar bilan qoplangan qanotlari yozilganda 8 — 30 mm bo‘ladi. Oldingi qanotlari ensiz, cho‘ziq. Tabiiy holatda qanotlari taxlanib turadi. Tuxumlari yassi, dumaloq yoki cho‘ziq, yaltiroq po‘stli. Kapalaklari tuxumlarini barg ustiga, meva yoki novda po‘stloqlariga va daraxt tanasiga bir donadan yoki to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Qurtlari chuvalchangsimon, 3 juft ko‘krak va 5 juft qorin oyoqlari bor. B. o‘. hayot kechirish xususiyatlariga ko‘ra tuxum davrida qishlovchi, 2 — 3 yoshdagi qurtlik davrida qishlovchi, katta yoshdagi qurtlik holida qishlovchi turlarga bo‘linadi. B. o‘. qurtlari oziqlanish tipi va yashash joylariga binoan 3 trofik guruhga: po‘stloq ostida yashab, yog‘ochli qismini zararlovchi ksilofitlar; barglar bilan oziqlanib, meva sirtiga zarar yetkazuvchi fillofitlar; meva ichida hayot kechiruvchi kaprofitlar (mevaxo‘rlar)ga bo‘linadi. B. o‘. o‘simliklarning kurtagi, shonasi, toj-barglari, yosh novdalari va mevalariga zarar yetkazib, mevali daraxtlar hosilini 80% gacha kamaytirishi mumkin. Turli mamlakatlarda B. o‘.ning 5000 turi ma’lum, O‘zbekistonda 20 turi aniqlangan.
[[File:Tortricidae - Ancylis badiana.JPG|thumb|''Ancylis badiana'']]
 
== Adabiyotlar ==