Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
→‎Tarixi: Grammatikani tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 14:
Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning koʻp qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633–40 yillarda Arab xalifaligi, 1516 yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818 yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832–40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840 yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 yil okabrda Suriyani ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919 yil [[Angliya]] [[Fransiya]] kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 yil Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930 yil mayda Suriya respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 yil dekabrda bekor qilindi. 1946 yil 17 apreldagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958 yil Suriya Misr bilan yagona davlat – Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961 yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963 yil 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, Suriya Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971 yil 12 martdan [[Hafiz Asad]] prezident boʻldi.
 
1967 yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 yil oktabrda Suriya boshka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S– 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1992 yil 24 aprabrdaaprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 17 apr, – Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==