Georges Simenon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
File
Qator 1:
[[File:Georges Simenon (1965).jpg|thumb]]
 
'''SIMENON (Simenon) Jorj''' (1903. 13.2, Lyej — 1989) — fransuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi aʼzosi (1952 yildan). 1921 yilda Jorj Sim taxallusi bilan "Arkali koʻprik" dastlabki romanini eʼlon qilgan. 1931 yilda "Piterlatish" romani bosilgan. Politsiya komissari Megrening sarguzashtlari haqidagi "Megrening yozishmalari" (1950), "Megre sayohat qiladi" (1958), "Megre va daydi" (1963), "Megre ikkilanmoqda" (1968), "Megre va Sharl" (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti bilangina emas, balki, birinchi navbatda, inson harakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. S. bu romanlari bilan jahon detektivsarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan oʻrin olgan. S. komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, "Bir qashshoq hayotining toʻrt kuni" (1949), "Prezident" (1958), "Qamoqxona" (1968) singari ijtimoiypsixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi "Oy zarbasi" (1933), "Habashlar mahallasi" (1935), "Qor ustida gʻubor" (1948), "Akauka Rikolar" (1952) romanlarini yozgan. S, shuningdek, avtobiografik "Xotirlayman" (1945), "Ibtido" (1948), "Onamga xat" (1974) va boshqa kitoblar muallifi. S. asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.<ref>Pervoye delo Megre [romani, povesti, rasskazi], M., 1968.</ref><ref>[[OʻzME]]</ref>