Mixail Frunze: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Khasan azim1 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Davlat arbobi}}
|nomi=
|tasvir= Michaił Frunze.jpg
|tasvir_izoh = 1920 yillarning boshi
}}
'''Mixail Vasilyevich Frunze''' [1885.21.1 (2.2), hozirgi Bishkek shahri 1925.31.10, Moskva] — Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan oʻrnatgan shoʻro harbiy arboblarvdan biri. Rossiyada 1905—07 yillar inqilobida faol qatnashgan. Ivanovo—Voznesensk gubernya partiya komiteta va gubernya ijroiya qoʻmitasi raisi hamda Yaroslavl gubernyasi harbiy komissari (1917—18). Sharqiy frontdagi 4armiya qoʻmondoni (1918—19), Sharqiy front (1919 yil iyuldan), Turkiston fronti (1919 yil avgust — 1920 yil sentabr) qoʻmondoni. Butun Rossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) aʼzosi (1919 yil oktabr — 1920 yil sentabr). Buxoro bosqini (1920 yil 28 avgust 2 sentabr)ning asosiy tashabbuskori sifatida Samarqandda turib kizil armiyaning harbiy harakatlarini boshqargan. Shu harakat tufayli Buxoro obidalarining aksariyati vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud boʻlgan. Buxoroda amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, oʻsha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasini 2 eshelonda (har birida 14 tadan vagon) Moskvaga joʻnatgan va uning maʼlum qismini oʻzi oʻzlashtirgan.