Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
E. Egaga almashtirildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Ega''' — [[gap]]ning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. [[Grammatika|Grammatik]] jihatdan ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi [[ilm]]iy [[adabiyot]]larda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega vazifasida kelgan [[soʻz]] egalik va koʻplik [[qoʻshimcha]]larini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha [[Ot (soʻz turkumi)|ot]], [[olmosh]], otlashgan soʻz va [[soʻz birikmasi]] bilan ifodalanadi. Ega, asosan, [[kesim]]dan avval keladi; bunday [[soʻz tartibi]] eganing grammatik [[belgi (soʻz)|belgi]]laridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa [[inversiya]] deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni [[sintaktika|sintaktik]] birlikdan iborat boʻladi. Masalan:
;:Tinchlik urushni yengadi. ;
:Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar'' ([[Maqol]]).
;:Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi ([[Hamid Gʻulom]]).
 
Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, [[grammatik shakl]]i va [[nutq]] [[uslub]]i bilan bevosita bogʻliq.<ref>Neʼmat Mahkamov. [[OʻzME]]. Toshkent, 2000</ref>