Kashnich: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Kashnich''' (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma K. (C.sativum) oʻsadi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. K. poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga toʻplangan. Mevasi yumaloq. Bir urugʻi ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32— 34 kunda koʻkat sabzavot holida foydalanishga yaroqli boʻladi. Urugʻi 90—95 kunda pishadi. 1000 dona urugʻi vazni 5—8 g . K.ning barglarida kaliy tuzlari, oqsillar, vitamin Vr V2, S, R, provitamin A mavjud. Urugʻida 0,2— 1,4% efir moyi va 16—28% texnik moy bor (parfyumeriya, qandolatchilik, oziqovqat sanoatida ishlatiladi). K. koʻkati shoʻrva, goʻshtli va sabzavotli ovqatlarga, urugʻi va yosh maysalari ziravor sifatida goʻsht sirkalashda ishlatiladi. Souslarga solinganda xushboʻy taʼm beradi. K. asalshirali oʻsimliklar guruhiga kiradi. Urugʻ boʻyicha hosildorligi 8—15 s/ga. Oʻzbekistonda K.ning Yantar ("Qahrabo") navi 1953, Orzu navi 1999, Orom navi 2001 y.dan r-nlashtirilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
[[File:Coriandrum sativum Blossoms3.jpg|thumb]]
 
== Manbalar ==