Kalamushlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
File
Qator 1:
[[File:Van gogh-two rats-f177.jpg|thumb|[[Vincent van Gogh]] (1884)]]
 
'''Kalamushlar''' ({{lang|la|''Rattus''}}) — [[kemiruvchilar]] [[turkum]]ining bir [[urugʻ (zoologiya)|urugʻ]]i. [[Sichqonsimonlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub. Tanasi choʻziq, dumi uzun va tangachalar bilan qoplangan. Kalta oyogʻida siyrak jun bor. [[Quloq|Qulogʻi]] katta, juni siyrak (ayrim turlariniki junsiz). 60 [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Yer yuzida keng tarqalgan. [[Oʻzbekiston]]da ombor, yaʼni kulrang kalamush va turkiston kalamushi, [[Turkmaniston]]da qora kalamush tarqalgan. Ombor K.ining boʻyi 25 sm cha, dumi nisbatan kaltaroq, kam jun, koʻpincha tangachalar bilan qoplangan, malla yoki jigarrang aralash koʻngʻir tusli, korni xira oq. Yer yuzida keng tarqalgan. Vatani — [[Sharq]]iy [[Xitoy]]. Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida paydo boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda Toshkentda ariq boʻyi, molxona, omborlarda kulrang K. keng tarqalib, turkiston K.ini siqib chiqardi. Ombor K. juda serpusht. Urgʻochisi yilda 3 marta, qar gal 1 — 15 tadan bolalaydi. Bolasi 3—4 oyda voya ga yetadi. K. hayvonlar murdasi, oʻsimliklar va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Oziq-ovqat, donlarga, baʼzan moʻyna, gazmollarga zarar yetkazadi. Albinos formasi (oq K.)lab. hayvoni hisoblanadi. Turkiston kalamushining boʻyi 12—23 sm, dumi boʻyiga teng . Rangi ombor K.ga oʻxshaydi, ammo korni ancha oq. Shimoliy [[Hindiston]] va [[Oʻrta Osiyo]] [[togʻlar]]ida yashab, koʻpincha yongʻoqzorlarda [[daraxt]] [[ildiz (oʻsimlik)|ildiz]]lari ostida va turli kovaklarda uya yasaydi. Juda serpusht. Bir yilda 4— 5 marta 2—13 tadan bolalaydi. Har xil oʻsimlik va mayda jonivorlar bilan oziklanadi. Togʻda mevalarga zarar yetkazadi. K. oʻlat kabi yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Qora K. gavdasining uz. 13—19 sm, dumi 13,5—23 sm, vatani — Hindiston. Bu yerdan hamma qitʼalarga oʻtgan. Oʻrta Osiyoda faqat Turkmanistonda uchraydi. Yilda 3—5 martadan 4—13 tagacha bolalaydi. K.ga qarshi kurashish uchun mexanik, kimyoviy va biologik vositalardan foydalaniladi.