The Music of Central Asia: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
}}'''„The Music of Central Asia“''' („Markaziy Osiyo musiqasi“) — [[Markaziy Osiyo]] xalqlari musiqasi boʻyicha oʻquv qoʻllanma. Asar 14 mamlakatda yashovchi 27 nafar muallif tomonidan yozilgan. Unga amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]], qozogʻistonlik musiqashunos va tarixchi Saida Daukeyeva hamda qirgʻizistonlik antropolog Elmira Kochumkulova muharrirlik qilgan. Asar unda tilga olingan 200 ga yaqin musiqiy asarni va qoʻshimcha materiallarni oʻzida jamlagan www.musicofcentralasia.org sayti bilan hamkorlikda eʼlon qilindi.
 
Kitobda [[Markaziy Osiyo]] davlatlarining, xususan, [[Qirgʻiziston]], [[Qozogʻiston]], [[Tojikiston]], [[Turkmaniston]] va [[Oʻzbekiston]]ning musiqiy merosi, ushbu mamlakatlarda yashovchi xalqlar musiqasida [[Sovet Ittifoqi]] davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar, sanʼatkorlar va musiqashunoslar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Kitobdan, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari hamda musiqiy atamalari glossariysi, koʻplab surat va xaritalar, hamda mualliflar va muharrirlarning qisqa biografiyalari oʻrin olgan.
 
Qoʻllanma ilk bor 2015-yil [[AQSh]]ning [[Bloomington]] shahrida [[Indiana University Press]] nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti ({{lang-en|Aga Khan Trust for Culture}}) qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi. Asar Markaziy Osiyo xalqlari musiqasiga bagʻishlangan ilk oʻquv qoʻllanmasidir. Asar toʻrt yirik boʻlim („Markaziy Osiyoda musiqa va madaniya“, „Koʻchmanchilar dunyosi“, „Oʻtroq xalqlar dunyosi“, „Globalizatsiya davrida Markaziy Osiyo musiqasi“) va 31 bobdan iborat.