Kendirdoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
Arosupaseaye (lotin)→Аросупасеае (kirill); + 23 × [[]]; +Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar; -{{no iwiki}}, +{{OʻzME}}
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Kendirdoshlar''' (Аросупасеае) — [[koʻp yillik oʻsimliklar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. [[Daraxt]], [[buta]], [[lianalar|liana]] va [[oʻt]]lardan iborat. [[Barg]]i oddiy, cheti tekis. [[Gul]]i toʻgʻri, ikki jinsli, [[changchi]]si 5 ta, [[urugʻchibarg|urugʻchisi]] 2 mevabargli, 2 uyali. Mevasi [[koʻsakcha]], [[danak]]cha, rezavor-meva va b. Aksari turlarining [[poʻstloq]]larida uzun, mayin, pishiq lub [[tola]]lari, baʼzan [[kauchuk]]li [[boʻgʻim (botanika)|boʻgʻim]]siz sut [[naycha]]lari bor. K.ning 150 [[turkum]]i, 1100 dan ortiq [[tur (biologiya)|tur]]i bor. Asosan, [[tropik mintaqalar|tropik]] va [[subtropik mintaqalar|subtropiklar]]da, 9 turkumi [[moʻtadil iqlim|moʻʼtadil iqlim]]li joylarda tarqalgan. Oʻzbekistonda [[boʻrigul]] va [[kendir]] turkumlari uchraydi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
[[File:Condylocarpon sp. 22766 580 360.jpg|thumb|''Condylocarpon'' sp.]]
 
== Manbalar ==