Kadmiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Leiem (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
'''Kadmiy''' (lot. Cadmium), Cd — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
 
Kadmiyni 1817 yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi ("Kadmeia") bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011&nbsp;mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy NS1HCl, H2SO4H<sub>2</sub>SO<sub>4</sub> da, ayniqsa, HNO<sub>3</sub>, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.
 
== Adabiyot ==