Juma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Juma (maʼnolari)}}
'''Juma''' — [[payshanba]] va [[shanba]] orasidagi [[hafta]] kuni.
 
 
Juma (arabcha — jam boʻlish) — 1) [[Grigoriy taqvimi]]da hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. J. kuni peshin namozi oʻrniga J. namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (diniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning "Jumʼa" surasida: "Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasbhunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar" (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>