Internet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Ahmadbek2000 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''[[Internet]]''' ([[lotincha]]: ''inter'' – aro va ''net'' – tarmoq) &ndash; standart [[internet protokoli]] (IP) orqali maʼlumot almashuvchi [[kompyuter tarmogʻi|kompyuter tarmoqlarining]] butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli [[TCP/IP]] dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi<!--tavtologiya?-->. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet [[elektron pochta]], [[chat]] hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa [[Butunjahon oʻrgimchak toʻri]] servislaridan tashkil topadi.
 
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.