Assalomu alaykum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k 84.54.84.23 tahrirlari IluvatarBot versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Assalomu aleykumalaykum''' (arab. – sizga tinchlik, salomatlik tilayman) – musulmonlar o‘zaro uchrashganda ish-latiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilay-man"), deb javob qaytaradi. Assalomu alaykum tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. Assalomu alaykum ko‘pchilik huzuriga kirib o‘tirishda ham aytiladi. Assalomu alaykumni kishi eshitadigan qilib muloyim tarzda aytish lozim. Assalomu alaykum o‘zaro muomala-muno-sabatning boshi bo‘lib, o‘ziga xos ili-klik, samimiyat, ochiq ko‘ngillilik baxsh etadi. Assalomu alaykumni oshkora aytish kishilar o‘rtasida muhabbat paydo etib, o‘rtadagi gina va kuduratlarni ketkazadi. O‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan salom-alik qilish kishilari-miz uchun axloqiy mezon bo‘lib qolgan. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir.
 
== Adabiyotlar ==