Muhitdin Qoriyoqubov — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
[[Fayl:Muhitdin Qoriyoqubov.jpg|thumb]]
'''Muhitdin Qoriyoqubov''' (1896.1.5, hozirgi [[Fargʻona]] — 1957.22.2, [[Toshkent]]) — ashulachi, [[opera]] xonandasi (bariton), [[Aktor|aktyor]], oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1930), [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1936). Dastlab eski maktab, 1912—14 yillarda madrasada tahsil koʻrib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik anʼanalarini oʻzlashtirgan Qoriyoqubov, ayni paytda yangi sanʼat shakllariga qiziqib, Fargʻonada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar ("Yoʻl boʻlsin", "Gʻayra-gʻayra", "Olmacha anor", "Koʻcha bogʻi" va h.k.)ni ijro etgan.