Mahmud Salohiddinov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov''' (1933.23.11, Namangan shahri — 2018.27.04) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), fizikamat, fanlari doktori (1967), professor (1969). Urta Osiyo universitetining fizikamatematika fakultetini tugatgan (1955), shu universitetda aspirant (1955— 58) va matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi (1958 — 59), differensial tenglamalar kafedrasi mudiri (1980—86, 1993—96). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1959—67), direktori (1959—85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1984—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1985 — 88), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1988—94). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizikamatematika fanlari boʻlimi raisi (1994—97). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida boʻlim mudiri (1974 yildan), UzMU professor (2000 yildan).
 
Ilmiy ishlari chiziqli boʻlmagan xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasitl hal qilishga, chegarada buziladigan differensial tenglamalar uchun qoʻyilgan chegaraviy masalalar nazariyasiga, nazariy va ama;iy ahamiyatga ega boʻlgan aralash hamda aralashqoʻshma tipli tenglamalar nazariyasiga oid. S. aralashqoʻshma tipli differensial tenglamalar nazariyasini rivojlantirib, ularning toʻla tadriji va kanonik koʻrinishlarini topgan, har bir xrl uchun bir qancha yangi masalalar qoʻyib tekshirgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).