Drama: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
k 37.110.214.209 tahrirlari Umarxon III versiyasiga qaytarildi Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
Drama janrlari: [[tragediya]], [[komediya]], drama (janr sifatida) va [[tragikomediya]]lardir. 2) Dramaturgiya janrlaridan biri. Maʼrifatparvarlik davri ([[Didro Deni|Didro]], [[Lessing]])dan boshlab Drama badiiy adabiyotning yetakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy Dramaga fojiaviylik xos. [[Oʻzbek dramaturgiyasi]] 20-asr boshlarigacha ogʻzaki shaklda mavjud edi. 20-asrning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: "Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi" ([[Behbudiy]]), "Toʻy" ([[Nusratulla Qudratulla]] va [[Hoji Muʼin]]), "Boy ila xizmatkor", "Koʻknor", "Mazluma xotin" (Hoji Muʼin), "Juvonmarg", "Ahmoq" (Abdulla Badriy), "Baxtsiz kuyov" ([[Abdulla Qodiriy]]), "Zaharli hayot", "Ilm hidoyati" ([[Hamza]]), "Pinak", "Advokatlik osonmi?" ([[Avloniy]]) va b. Bular Drama janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-yillarda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, [[Fitrat]], [[Choʻlpon]], Ziyo Said, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-yillar dramaturgiyasi Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan "Muqanna", "Jaloliddin", "[[Alisher Navoiy]]", "[[Mirzo Ulugʻbek]]" kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. [[Abdulla Qahhor]]ning "Shohi soʻzana", "Tobutdan tovush", I. Sultonning "Imon", Uygʻunning "Parvona", Oʻ. Umarbekovning "Qiyomat qarz" pyesalari shular jumlasidan.
|