Tegirmon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
File
Qator 1:
[[File:Rembrandt van Rijn - The Mill - Google Art Project.jpg|thumb|[[Rembrandt van Rijn]]]]
 
'''Tegirmon''' — 1) un tegirmoni — donni yanchib unga aylantiradigan qurilma, inshoot. Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo boʻlgan. Dastlab, dondun toshlar bilan qoʻlda yanchilgan. Keyinchalik oqar suv va shamol kuchi bilan ishlaydigan T.lar qurilgan. Oʻzbekiston hududida asosan suv tegirmonidan foydalanilgan. Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma va boshqa qismlardan iborat. Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yogʻoch esa kosani tebratadi. Doʻladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga toʻplaydi. Xomma unga toʻlganda tegirmonchi T.ni toʻxtatib, unni boʻshatib oladi. Qadimda Oʻrta Osiyoda ulov qoʻshib ishlatiladigan T. va qoʻl T.laridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol T.lari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston hududida shamol T. yoʻq.