Tojik tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 15:
|til_kodlari = Til kodlari
}}
[[File:Tajiks of Uzbekistan.PNG|thumb|right|270px]] Oʻzbekistondagi tojik tilida soʻzlashuvchi (forsiyzabon) aholi]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tojik tili''' — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston, Afgʻonistonda va Oʻzbekistonda, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, Xitoyning shimoli-gʻarbida, qisman Pokistonda tarqalgan. Tojik tilida jami 36 (44) mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 8 mln.dan, Oʻzbekistonda 2 (8-10) mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 20 mln.ga yaqin, boshqa mamlakatlarda 4-6 mln.) kishi soʻzlashadi. Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.