Texnologiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vikichizar (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Vikichizar (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Texnologiya''' (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv va ...logiya) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi. va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos T.si boʻladi: kon ishlari T.si, mashinasozlik T.si, qurilish T.si, qishloq xoʻjaligi.
Masalan, qurilish ishlari T.si bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
|