Toshdaraxt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Shoxrux888 tahrirlari Loopy30 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Toshdaraxt''', qatrangʻi, tugʻdona ({{lang|la|''Celtis'' L.}}) — [[qayragʻochdoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub barg toʻkadigan, doim yashil [[daraxt]]lar [[turkum]]i. Boʻyi 10 m dan oshadi. [[Shox]]lari qoʻngʻir yoki qizgʻishqoʻngʻir. [[Barg]] plastinkasi tuxumsimon, tishli, yuzasida 3 ta tomiri bor, uz. 3—7 sm, eni 2—4 sm. [[Gul]]lari koʻrimsiz, poligam, gulkosasi oddiy, 5 boʻlakli. Mevasi — [[danak]]cha, qoʻngʻir yoki tillarang . Apr.da gullab, sent.da urugʻlaydi. Shim. va Jan. yarim sharlarning tropik va qurgʻoqchil mintaqalarida 50 ga yaqin turi maʼlum. 2 turi — Kavkaz T.i ({{lang|la|''C. caucasica'' Wild.}}), boʻyi 20 m cha, bargi kulrangyashil, momiqli, [[Kavkaz]] va [[Oʻrta Osiyo]]da usadi; silliq T. ({{lang|la|''C. glabrata''}}) — boʻyi 4—6 m, [[Qrim]] va Kavkazning toshli quruq qoyalarida tarqalgan. Asosan, togʻlardagi yirik va chagʻir toshli yonbagʻirlarda oʻsadi. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Sevaz qishlogʻi hududiga kiruvchi Qoramomo choʻqqisi atroflarida uchraydi. T. koʻkalamzorlashtirish uchun ekiladi. Mevasi yeyiladi, yosh bargi mollarga beriladi, [[poʻstloq|poʻstlogʻidan]] oshlovchi moddalar olinadi. Yogʻochi qattiq, mustahkam, duradgorlik va uskunasozlikda ishlatiladi.
[[File:Celtis-caucasica-fruit.JPG|thumb|''Celtis caucasica'']]