Maksvell tenglamalari: Versiyalar orasidagi farq

Tahrir izohi yoʻq
'''Maksvell tenglamalari''' - bu elektromagnit maydon hamda uning vakuum va muhitdagi elektr zaryadlari va oqimlari bilan bog'liqligini tavsiflovchi differensial yoki integral shakldagi tenglamalar sistemasi. Elektromagnit maydonning zaryadlangan zarralarga ta'sir o'lchovini aniqlaydigan Lorentz kuchining ifodasi bilan birgalikda bu tenglamalar klassik elektrodinamikaning to'liq tenglamalar sistemasini hosil qiladi, ba'zan uni Maksvell - Lorentz tenglamalari deb atashadi. XIX asrning o'rtalarida to'plangan eksperimental natijalar asosida Jeyms Klerk Maksvell tomonidan tuzilgan tenglamalar nazariy fizika tushunchalarining rivojlanishida muhim rol o'ynadi va nafaqat elektromagnetizm bilan bevosita bog'liq bo'lgan fizikaning barcha sohalariga, balki ko'plab fundamental sohalarga ham kuchli, hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi.
== Tarixi ==
[[Fayl:James Clerk Maxwell.jpg|thumb|right|Jeyms Klerk Maksvell]]
[[Jeyms Klerk Maksvell|Jeyms Klerk Maksvell]] tomonidan tuzilgan tenglamalar XIX asrning boshlarida amalga oshirilgan bir qator muhim eksperimental kashfiyotlardan kelib chiqqan. 1820-yilda [[Xans Kristian Ersted|Xans Kristian Ersted]] o`tkazgich simdan o'tgan galvanik oqim magnit kompas ignasini burilishiga olib kelishini aniqladi. Ushbu kashfiyot o'sha davr olimlarining e'tiborini tortdi. Xuddi shu 1820-yilda Biot va Savard eksperimental ravishda oqim tomonidan hosil bo'lgan magnit induksiya uchun ifodani topdilar ([[Biot - Savard qonuni|Biot - Savard qonuni]]) va shuningdek, [[Andre Mari Amper|Andre Mari Amper]] o`zaro ta'sir, bir-biridan qandaydir masofada joylashgan o`tkazgichlar orqali tok o`tishi hisobiga vujudga kelishini aniqladi. Amper "elektrodinamik" atamasini kiritdi va tabiiy magnetizm magnitda aylanma toklarning mavjudligi bilan bog'liq degan fikrni ilgari surdi.
 
Ersted tomonidan kashf etilgan tokning magnitga ta'siri [[Maykl Faradey|Maykl Faradeyni]] magnitning toklarga teskari ta'siri bo'lishi kerak degan fikrga olib keldi. Uzoq muddatli tajribalardan so'ng, 1831-yilda Faradey o'tkazgich yonida harakatlanadigan magnit o'tkazgichda elektr tokini hosil qilishini aniqladi. Ushbu hodisa ''elektromagnit induksiya'' deb nomlangan. Faradey "kuch maydoni" tushunchasini kiritdi - zaryadlar va oqimlar o'rtasida joylashgan qandaydir muhit. Uning mulohazalari sifat xarakterga ega edi, ammo ular Maksvell tadqiqotlariga katta ta'sir ko'rsatdi.
 
Maksvell o'zining mashhur "Elektr va magnetizm to'g'risidagi risolasida" (1873) shunday deb yozgan edi:
<blockquote>
Faradey ijodini o'rganishni boshlaganimda, uning odatdagi matematik belgilar shaklida ifodalanmasa ham, uning hodisalarni tushunish uslubi matematik ekanligini angladim. Shuningdek, men ushbu usulni umumiy matematik shaklda ifodalash va shu bilan professional matematiklarning metodlari bilan taqqoslash mumkinligini aniqladim.</blokcquote>
 
== Maksvell tenglamalarining differensial ko`rinishi ==