Facebook: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarixi: Xatoni tòģirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 22:
== Tarixi ==
Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). Harvardga oʻqishga qabul qilingan Zukerberg oliy taʼlim muassasasi maʼmuriytiga analog tarmoq resursini yaratish gʻoyasi bilan chiqadi. Biroq taʼlim muasassasi bu innovatsion gʻoyani baʼzi sabablarga koʻra rad etdi.
Zukerber 2003-yilning 28-oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard universiteti kompyuter tarmogʻiga kirib koʻchirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyurvchilar Zukerberg tomonidan qoʻyilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 tamarta rasmni koʻrib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq Harvard maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyiladi. Zukerbergni esa maʼmuriyat xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, oʻqishdan haydashga qaror qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Zukerber ilk loyihasidayoq hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda boʻlib oʻtgan loyihani muhokama qilish maqsadida, oʻzining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi.
Keyingi semestrdan boshlab, Zukerberg yangi veb-sahifa uchun kod yoza boshlaydi. Unga „Harvard Crimson“da Facemash muajorolari haqida yozilgan maqola ilhom bagʻishladi.
Va nihoyat 2004-yilning 4-fevralida Zukerberg Thefacebookni www.thefacebook.com internet manzilida joylashtiradi. Gʻoya Facebook nomini oladi, bu Markning eski maktab davridagi xotiralari bilan bogʻliqdir.