Johiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
File
Qator 1:
[[File:Al-Jaahith - African Arab Naturalist - Basra - al jahiz.jpg|thumb]]
 
'''Johiz''', al-Johiz Abu Usmon Amir ibn Baxr (taxminan [[767]] — [[Basra]] — [[868]]) — [[arablar|arab]] mutafakkiri, [[yozuvchi]]. [[Mutaziliylar|Muʼtaziliylar]] nazariyotchilaridan biri. "Aljohiziya" deb nom olgan [[ilohiyot]] [[maktab]]iga [[asos]] solgan. [[qadimgi Yunoniston|Yunon]] [[tabiat]] [[falsafa]]si [[gʻoya]]lari taʼsirida [[modda]]ning abadiyligi va [[xususiyat]]larining doimiy oʻzgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. J. tirik va noorganik jismlar oʻziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. U [[inson]]ning [[iroda]] erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. 100 dan ortiq falsafiy [[asar]]lar va badiiy toʻplamlar [[muallif]]i. Bular orasida "Olibsotarlar haqida kitob" [[hajviya|hajviy]] [[novella]]lar toʻplami, [[stilistika]] va [[ritorika]]ga oid "Joylashtirish va isbotlash kitobi", [[tarix]]iy-[[siyosat|siyosiy]] mazmundagi "Arablar va ularning [[mijoz]]lari haqida kitob" [[risola]]lari mashhur. Ularda [[oʻrta asr]] arab Sharqi [[shahar]]lari [[aholi]]sining shaxsiy va ijtimoiy hayoti, urf-odati, [[axloq]]i toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. J. asarlarida kichik [[hikoya]]lar, [[sheʼr]]lar, [[ertak]]lar bor. J. arab adabiyoti, xususan, [[adab]] [[janr]]i [[taraqqiyot]]iga taʼsir koʻrsatgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>