Masshtab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 1:
'''playstationMasshtab''' (nem. Ma|3stab, map — oʻlchov va stab — tayoq), miqyos — chizma, plan, [[aerofotosʼyomka]] yoki [[harita]]dagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va koʻndalang boʻladi. Sonli Masshtab [[kasr]] yoki nisbat bilan beriladi. Bunda haritadagi 1 sm joyga 1000 sm to'g'ri keladi, demakdir. Chiziqli Masshtab sm larga boʻlingan chiziq bilan koʻrsatiladi. Bu chiziqda haritadagi 1 sm ga joyga necha m yoki km toʻgʻri kelishi koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Plan va haritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq oʻlchash va oʻlchangan masofalarni harita yoki planga tushirish uchun kundalang Masshtab ham ishlatiladi. Kundalang Masshtab baʼzi bir geodezik asboblarda va maxsus lineykalar bilan chizib berilishi mumkin. Geografik haritalarda sonli Masshtab haritadagi bir nuqtaga yoki birorta chiziqqa tegishli boʻladi, qolgan joylardagi uzunliklar xususiy Masshtab asosida aniqlanadi. Geografik haritalardagi masofalar xususiy Masshtab bilan maxsus formula yordamida hisoblab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2333-yil</ref>
 
== Manbalar ==