Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 92.184.105.145 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 19:
7-asr 30-yillarida Mesopotamiyani arablar egallagan. 661 yil u Umaviylar xalifaligiga koʻshib olindi. Aholi oʻrtasida islom dini va arab tili keng tarkala boshladi. 750—1055 yillari bu yerda abbosiylar xukmronlik qildi. Keyinchalik saljuqiylar, 13-asr 2-yarmida moʻgʻullar bostirib kirdi. 14-asr oxiri — 15-asr boshida Iroq Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 16-asr 30-yillarida Iroqni turklar, 17-asr boshida safaviylar egalladi. 17-asr 2-choragidan Birinchi jahon urushi oxirigacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin Iroq ni inglizlar bosib oldi va talontoroj qildi. 1920 yil Iroq ustidan Buyuk Britaniya mandati oʻrnatildi. Shu paytdan eʼtiboran mustamlakachilikka karshi butun mamlakat boʻylab milliy ozodlik qoʻzgʻoloni boshlanib ketdi. Bu qoʻzgʻolon shafqatsizlik bilan bostirilgan boʻlsa ham, inglizlar milliy hukumat tuzishga rozilik berdi. Iroq amir Faysal boshchiligidagi podshohlik deb eʼlon qilindi, ammo u inglizlar nazoratida edi. Angliya Iroq podshohligini ogʻir shartnomalar tuzishga majbur qildi (1922, 1923). Iroq nefti Angliya boshliq monopoliyalar, asosan "Irak petroleum kompani" (1929 yilgacha "Terkish petroleum") ixtiyorida qoldi. 1932 yil Buyuk Britaniya Iroq qa rasmiy jihatdan mustaqillik berdi, ammo harbiy-siyosiy na-zorat qilib turish huquqini oldi. Iroq hukumatining Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirish, qishloqlarda zamindorlar qukmronligini mustahkamlashni koʻzda tutgan siyosati xalqni ochlikka olib keldi va si-yosiy huquqlardan mahrum etdi. Bu si-yosatga qarshi dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1930—36). Ishchilar oʻz huquqlari uchun kurash boshladi. Bir necha kasaba uyushmalari tuzildi. Iroq hukumatining siyosatidan mayda milliy ziyoli va zobitlarning bir qismi ham norozi boʻldi. Hukumat rahbarlari bir necha marta oʻzgartirildi. 1941 yil oktabrda Nuri Sayd rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Ikkinchi jahon urushi davrida mehnatkashlar ahvoli ogʻirlashib, xalq harakatlari kuchaydi. Natijada siyosiy mahbuslar ozod qilindi.
 
Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da hukumat mamlakatda qatagʻon va taʼqib qilish siyosatini olib bordi, parlament tarqatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiklandi. AQSH bilan Iroq oʻrtasida "texnika yordami" (1953), "harbiy yordam" (1954) toʻgʻrisida shartno-malar tuzildi. 1955 yil Iroqturkiya harbiy shartnomasi imzolandi. Bu esa Bagʻdod paktining tuzilishiga asos boʻldi. Mamlakatdagi vatanparvar kuchlar ozodlik va demokratiya uchun kurashni toʻxtatmadilar. 1956 yilda Iroq armiyasida "Ozod zobitlar" nomli yashirin inqilobiy tashkilot tuzildi. 1957 yil Iroq Kompartiyasi, Milliy demokratik partiya, Mustaqillik partiyasi ("Is-tiqlol") va Arab sotsialistax uygʻo-nish partiyasi ([[Ba’s partiyasi|Ba’s]]Baas)ning birlashuvidan Milliy birlik Fronti (MBF) tashkil topdi.
 
1958 yil 14 iyulda MBF, "Ozod zobitlar" tashkiloti hamda mehnatkashlarning birgalikdagi harakati natijasida podshoxlik agʻdarildi va Iroq respublika deb eʼlon qilindi. Ab-dulkarim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Respublika hukumati Iroqning Bagʻdod paktidan chiqqanligini eʼlon qildi. Iroqdagi ingliz harbiy bazalari tugatildi (1959 yilning 30 mayida).