Komiljon Otaniyozov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.74.159 tahrirlari Umarxon III versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 7:
|mukofotlari={{Buyuk xizmatlari uchun ordeni}}{{Hurmat belgisi ordeni}}
}}
'''Komiljon Otaniyozov''' (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O.Otaniyozov Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957—59 va 1963—68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973— 741973—74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.
 
O.Otaniyozov 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm su vora va makrmlari O.Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. O.Otaniyozov Xorazm doston qoʻshiq(noma)lari asosida yangicha us-lub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xo-razmdan", "Muborak", "Vatan", "Ol-qish", "Temir yoʻl", "Oʻzbekiston", "Xorazm" kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. O. A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib", S. Hayitboyev bilan "Soʻnggi xon" kabi mu-siqali dramalar yaratdi. Osiyo mamla-katlarida gastrolda boʻlgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 15:
{{OʻzME}}
{{bio-stub}}
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
{{DEFAULTSORT:Otaniyozov, Komiljon}}
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]