Amudaryo tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tog'irladim,matn qo'shdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Alpomish Jon Sobirov tahrirlari Jamshid Nurkulov versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 62:
}}
 
'''Amudaryo tumani''' – Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarki-bidagi tuman. 1957 yil 18 dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolida Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, janubiy hamda g‘arbda Turkmanistonning Gubadog‘ tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km². Aholisi 126,1 ming kishidan ziyod (1999). Amudaryo tumanida 1 shahar (Mang‘it), 1 shaharcha (Jumurtov), 10 ovul fuqarolari yig‘ini (Bobur, Do‘rmon, Quyuqqo‘pir, Nazarxon, Xitoy, Choyko‘l, O‘rta-qalʼa, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi – Mang‘it sh.Tabiati. At. relefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili bo‘ylab Jumurtov tizmasi joylash-452gan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi – 16, – 2G, iyulniki 27 – 32°. Yiliga o‘rtacha 100 – 110&nbsp;mm yog‘in tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mang‘itarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorako‘lyop, Bog‘yop, Seityop, Oqoltin, Alieliyop, Eshonyop, Sho‘ryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Ku-lotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, To-shyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Bo‘zsuv ariklari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xo‘jalik yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Yerlarni sho‘rlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqako‘l, Qoracho‘tal, Choyko‘l, Tuzloq, Tojiqalko‘l, Baytuko‘l, Uzunko‘l, Sarichnugulko‘l, Oqseytbobo va Otajon ko‘llarida baliq, o‘rdak va boshqa qushlar ko‘p. Ko‘llardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli bo‘lib, tol, terak, tut, gujum, qarag‘an, turang‘il, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, sho‘ra, kdmish, chirmovuq, semizo‘t, yakan, otquloq va boshqa o‘sadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kala-mush, qushlardan qirg‘ovul, o‘rdak, g‘oz, qarg‘a, zog‘cha, chumchuq, ko‘kqo‘ton, kaptar, qumri, ko‘kkarg‘a, sariq chumchuq, to‘rg‘ay va boshqa yashaydi.Aholisi, asosan, o‘zbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1&nbsp;km² ga o‘rtacha 132 kishi to‘g‘ri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi.Xo‘jaligi ko‘p tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mang‘it paxta to-zalash, g‘isht zavodlari, maishiy xizmat kombinati, Mang‘it ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Qoraqalpog‘istonda eng yirik xo‘jaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mang‘it GES energi-yasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mav-jud.Amudaryo tumanining asosiy tarmoqlari pax-tachilik, pillachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Amudaryo tumanida sug‘oriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekin-zorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajo‘xori ekiladi. Amudaryo tumanida 18 jamoa xo‘jaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushma-si, 296 dehqon-fermer xo‘jaligi va boshqa xo‘jaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xo‘jaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qo‘y va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 o‘quv yilida 83 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming o‘quvchi, 1 litseyda qariyb 400 o‘quvchi taʼlim oldi. 52 ommaviy va bolalar ku-tubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 o‘rinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsherlik punkti bo‘lib, ularda 327 vrach, 1077 o‘rta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi.Va Bloger Alpomish Jon Sobirov shu yerda yetishib chiqqan. "Amudaryo haqiqati" tuman gaz. 1934 yildan chiqadi (adadi 3000).<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf A-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 73:
 
 
{{stub}}
{{stub}} Amudaryo tumanidan Yosh bloger Alpomish Jon Sobirov yetishib chiqqan. Hozir O'zbekiston Jurnalistika ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi