Statsionar tokning magnit maydoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 70:
 
Birinchi formula chiziqli tok hosil qilgan magnit maydoni kuchlanganligini, ikkinchi formula esa chiziqli tok elementining hosil qilgan magnit maydon kuchlanganligini ifodalaydi (rasmga qarang).
 
[[Fayl:Statsionar tok maydoni.png|thumb|Statsionar tok hosil qilgan maydon yoʻnalishi oʻng parma qoidasi bilan aniqlanadi.]]
 
Soʻnggi formuladagi magnit maydon kuchlanganligi vektorining moduli quyidagiga teng:
: <math>| d\textbf{H}| =
\frac{1}{c}
\frac{Id\textbf{l}\sin\left(d\textbf{l}^{\wedge}\textbf{R}\right)}{R^{2}};\ \ \ \ \ (11)</math>
 
Shunday qilib, chiziqli tok elementining hosil qilgan magnit maydon kuchlanganligi tok kuchiga, tok yoʻlining elementiga, tok yoʻnalishi bilan kuzatish nuqtasining radius-vektori orasidagi burchak sinusiga toʻgʻri, tok elementi bilan kuzatish nuqtasi orasidagi masofa kvadratiga esa teskari proporsionaldir. Magnit maydon kuchlanganligining yoʻnalishi esa (10) ga asosan, [[o'ng parma qoidasi]] bilan aniqlanadi. Bio-Savar-Laplas qonunining odatdagicha ifodalanishi ana shulardan iboratdir.
 
Chiziqli tok magnit maydonining vektor potensiali (6) ga asosan,
: <math>
\textbf{A} = \frac{1}{c}\oint\frac{d\textbf{l}}{R};\ \ \ \ \ (12)</math>
 
boʻladi.