58 096
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
||
[[
'''Zulfiya Isroilova''' (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — '''Zulfiya''' nomi bilan tanilgan [[oʻzbekiston]]lik [[shoira]], jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Mehnat Qahramoni (1984). Shoir [[Hamid Olimjon]]ning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „[[Saodat]]“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
40-yillar oxirida eʼlon qilingan [[Sovet Ittifoqi]]ning sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.
1950-yillarning 2-yarmida u [[Osiyo]] va [[Afrika]] yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. [[Hindiston]], [[Misr]], [[
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.
|