Radioeshittirish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 0 y. → 0 yil (5) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
Hozirgi paytga kelib radio misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etdi va insoniyatning maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin oldi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz R.lariga ega. Jahonda AQShga qarashli "Amerika ovozi", "Ozodlik", Angliyaning "BiBiSi", Germaniyaning "Nemis toʻlqinlari" va boshqa oʻnlab radiostansiyalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda 5 ta radiostudiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston televideniye va radiokompaniyasiga qarashli Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi.
 
Respublika radiosining eshittirishlari 4 dastur boʻyicha olib boriladi. 1-dasturda asosan ijtimoiy-siyosiy, iktisodiyiqtisodiy va madaniy-maʼnaviy mavzulardagi eshittirishlar ("Oʻzbekiston"), 2-dasturda yoshlar uchun eshittirishlar ("Yoshlar"), 3-dasturda axborot va musiqiy eshittirishlar ("Mashʼal"), 4-dasturda esa rus, qozoq, uygʻur, tatar va qrim-tatar tillarida eshittirishlar olib boriladi ("Doʻstlik"). Yuqoridagilar bilan bir qatorda respublikamizda bir qancha xususiy, nodavlat radiostansiyalar ham faoliyat koʻrsatmoqda ("Vodiy sadosi", "OriyatDono", "O'zbegim taronasi" va boshqalar).
 
Oʻzbekiston radiosi chet ellar uchun ham muntazam eshittirishlar (ingliz, arab, fors, uygʻur, hindi va oʻrdu tillarida hamda chet ellardagi vatandoshlar uchun oʻzbek tilida) berib boradi. Toshkent R.ning "Axborot", "Ijtimoiy-siyosiy", "Iktisodiy eshittirishlar", "Adabiybadiiy eshittirishlar", "Musiqa eshittirishlari", "Mahalliy eshittirishlar", "Bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar" kabi bosh muharririyatlari mavjud. Unda "Yaxshi kayfiyat", "Vatan", "Hamroh", "Dugonalar", "Gulshan", "Tabassum", "Bugun radioteatrda", "Mutolaa" va boshqa doimiy mavzu eshittirishlari, radiojurnallar berib boriladi. Televideniye va radioeshittirish davlat kompaniyasi huzurida oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestri, makrmchilar ansambli, dutorchi qizlar ansambli, estradasimfonik orkestri, xor jamoasi kabi badiiy jamoalar ishlab turibdi.