2019-yilgi Boku noroziliklari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 26:
[[Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasi]]da bu kabi tinch namoyishlarga ruxsat berilgan boʻlsada, ammo hukumat bunday namoyishlar boʻlishini yoqlamaydi va namoyishlarni oʻtkazish uchun mahaliy tuman munitsipalitetidan ruxsat olish kerakligini talab qiladi. Ayollarning miting oʻtkazish haqidagi iltimosnomasi rasmiylar taklif qilingan joyda koʻplab doʻkonlar va restoranlar borligi va yaroqsizligi tufayli rad etildi.
== Namoyishlar ==
[[8-oktabr]] kuni NCDF yigʻilishlar erkinligini qoʻllab-quvvatlovchi norozilik aksiyasini uyushtirdi. Ishtirokchilar Boku meriyasi oldiga toʻplanib, shahar rasmiylarining Boku markazidagi Mahsul stadionidagi mitingga ruxsat bermaslik haqidagi qaroriga norozilik bildirishdi. Namoyishchilarga [[Boku]]dan 20 km uzoqlikda joylashgan Lokbatan hududi taklif qilindi. Hodisa joyida ellik nafar namoyishchiga ruxsat berildi, namoyishlarga qoʻshilishi taqiqlangan yana oʻnlab odamlar politsiya mudofaasini yorib oʻtishga urinishdi. Bu ishni qilmoqchi boʻlganlar tarqatib yuborildi va baʼzilari hibsga olindi. Axborot vositalariga ham tadbirni yoritishga ruxsat berilmagan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, oʻn yetti namoyishchi „ommaviy namoyishlar toʻgʻrisidagi qonunni“ buzganligi uchun tanbeh berildi, toʻrt kishidan xuddi shu sabab bilan maʼmuriy bayonnomalar olindi.