Sevimli TV: Versiyalar orasidagi farq
Albatros777 (munozara | hissa) „{{Telekanal |nomi = Sevimli TV |toʻliq nomi = |logotip = |tagyozuv = |uzunlik = |mamlakat...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
31-Oktyabr 2020, 11:02 dagi koʻrinishi
Sevimli TV — 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal[5]. Kanal oʻz nomini Caravan TV dan Sevimli TV ga 2017-yil 1-dekabrda oʻzgartirgan. Bugungi kunda kanalning egasi Firdavs Abduxoliqov[6].
Sevimli TV | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | 24 soat |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | oʻzbek tili |
Boshqaruv markazi | Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 53-uy |
Tasvir formati | 576i 16:9 (SDTV) 1080i (HDTV)[1] |
Mazmuni | Oilaviy |
Efirga chiqqan | 1-aprel, 2017-yil[2][3] |
Egasi | Firdavs Abduxoliqov[4] |
Aloqador telekanallar |
Zoʻr TV Milliy TV MY5 |
Telekanal ovozi | Jamshid Hojiniyozov |
Shiori | Birga baxtlimiz! |
Sayt | sevimlitv.uz |
Faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalikning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Firdavs Abduxoliqov „Zo‘r TV“, „Futbol TV“, „Caravan TV“ telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi. Koʻp vaqt oʻtmay 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshladi. Va keyinchalik oʻz nomini Sevimli TV ga oʻzgartirgan. Telekanal ko‘rsatuv va dasturlari butun O‘zbekiston bo‘ylab hududiy telestansiyalar huzurida tashkil etilgan Yoshlar telestudiyalari jurnalistlari tomonidan tayyorlanadi.
Koʻngilochar koʻrsatuvlari
Sevimli TV da koʻplab koʻngilochar koʻrsatuvlar efirga uzatilmoqda. Shunday koʻrsatuvlardan biri „Zirapcha“ realiti shousidir. Dastlab ushbu koʻrsatuv xalq orasida yaxshi qabul qilindi. Ammo bir muncha vaqt oʻtgandan soʻng koʻrsatuvning davom ettirilishiga eʼtirozlar bong ura boshladi[7].
Telekanalda namoyish etilgan reytingi baland koʻngilochar koʻrsatuvlardan yana biri „Mening qaynonam general“ koʻrsatuvidir. Ushbu koʻrsatuv ham xalq orasida juda mashhur boʻldi. Quyida Sevimli TV telekanalida namoyish etilgan mashhur koʻrsatuvlar roʻyxati keltirilgan:
- „Zirapcha“
- „Mening qaynonam general“
- „Eslab, eslab...“
- „Sevimli kun“
- „Oʻzbegim“
- „Salomat boʻling“
- „Mahallada duv-duv gap“
- „Xayrli oqshom“
- „Ideal ona“
Seriallar
Tanqid
Sevimli TV va boshqa koʻplab telekanallarda chet-el va milliy seriallar namoyishi hajmi ortdi. Ayniqsa koʻplab turk seriallarining efirga uzatilishi koʻplab tanqidlarga uchradi. Xalq orasida turk seriallari ma’naviyatimizga zid degan qarash mavjud. Mana shunday tanqidlarga „Sevimli TV“ telekanali kino tahririyati mudiri Lola Shoimova shunday javob berdi:
— „Sevimli TV“ va boshqa telekanallarda turk seriallari ko‘payib ketgani bor gap. Lekin bu ma’naviyatimizga zid seriallar ko‘payib ketdi, degani emas-ku! Turk kino ijodkorlari voqealarni biroz bo‘rttirib yuborishi rost, ammo real hayotni ko‘rsatishadi. Biz seriallarni tanlashda qaysi davlatda ishlaganiga emas, rejissurasiga, aktyorlar mahoratiga, ssenariyning puxta ishlanganiga va eng asosiysi, voqeaning qanchalik muhimligiga e’tibor qaratamiz. Telekanalimizda nafaqat Turkiya, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa davlatlarning filmlari ham efirga uzatiladi.
Telekanalimizda efirga uzatilayotgan „So‘yla Qoradengiz“ filmi va boshqa turk seriallari sabab kelinlar qaynonasini hurmat qilmayapti, ajrashishlar ko‘paydi, deydiganlar ham uchrab turibdi. Nega hamma narsaning salbiy tomonini ko‘ramiz?
„Shum bola“ filmidagi ikki voqeani eslang. Unda eriga xiyonat qilib, uyiga boshqa erkakni kiritgan ayol haqidagi sahna bor. Ikkinchisi, o‘g‘rilarning boshlig‘i shum bolani o‘g‘irlikka da’vat qiladi. Nega bu asarni, asar asosida ishlangan kinoni hech kim qoralamaydi? Nega „Kelinlar qo‘zg‘oloni“dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigorani hech kim tanqid qilmaydi? Axir, kinolarda o‘sha salbiy qahramonlar safida bo‘lmaslik targ‘ib qilinyapti. Insonga yaxshini yomondan farqlash uchun aql berilgan. Eng muhimi, tomoshabin qo‘lida pult bor[8].
Manbalar
- ↑ https://daryo.uz/2019/08/08/ozbekistonda-15-avgustdan-dvb-t-standartida-efirga-uzatish-toxtatiladi/
- ↑ O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshladi
- ↑ O‘zbekistondagi ilk nodavlat internet-telekanal Sevimli nomi ostida ish boshlaydi
- ↑ OʻzEOAVMA raisi Firdavs Abduxoliqov haqida
- ↑ Oʻzbekistonda 3 ta yangi telekanal ishga tushadi
- ↑ OʻzEOAVMA raisi Firdavs Abduxoliqov haqida
- ↑ Zirapcha realiti shousidan norozilar
- ↑ „Sevimli TV“ muharriri: “Shum bola”dagi eriga xiyonat qilgan ayol yoki „Kelinlar qo‘zg‘oloni“dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigora nega tanqid qilinmaydi?