Gumbaz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Qator 5:
 
Gumbazning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy [[gʻor]]larda, keyinchalik [[yertoʻla]]larda, yogʻoch va [[xaschoʻp]]lardan, [[qamish]], hayvon [[teri]]si, [[kigiz]] yopilgan [[oʻtov]] kabi [[kulba]]larda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shakli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida gumbazning oddiy pogʻonali, [[davra]], [[suyri]], [[bagʻal]]larga ([[parus]], [[tromp]]larga) ishlangan va boshqa turlari uchraydi. Gumbaz binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.
 
[[Yunoniston]] va [[Rim]] meʼmorligida [[chorsi]], davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi [[Panteon]]ning (125-yil) katta davra binosi [[rotonda]]si ustiga oʻrnatilgan yarim sferik gumbaz eng qadimiy gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. [[Istanbul]]dagi mashhur [[Ayo Sofiya ibodatxonasi]]ning ulkan gumbazi ham eng qadimgi gumbazli binolar qatoriga kiradi.
 
== Oʻrta Osiyoda ==
[[Oʻrta Osiyo]]dagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi [[turkiylar]]ning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan [[oʻtov]] ([[yurt]]) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan [[doʻppi]] (yarim sferik), [[kuloh]]iy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.
 
[[Yunoniston]] va [[Rim]] meʼmorligida [[chorsi]], davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi [[Panteon]]ning (125-yil) katta davra binosi [[rotonda]]si ustiga oʻrnatilgan yarim sferik gumbaz eng qadimiy gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. [[Istanbul]]dagi mashhur [[Ayo Sofiya ibodatxonasi]]ning ulkan gumbazi ham eng qadimgi gumbazli binolar qatoriga kiradi.
 
Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari ([[saroy]], [[masjid]], [[xonaqoh]], [[karvonsaroy]], [[maqbara]], [[hammom]] va boshqalar), [[sardoba]]larda gumbazning [[balxi gumbaz|balxi]], [[charxi gumbaz|charxi]], [[chortark gumbaz|chortark]], [[chorkunjak gumbaz|chorkunjak]], [[piltavor gumbaz|piltavor]], [[gʻarovli gumbaz|gʻarovli]], [[kuloqiy gumbaz|kuloqiy]], [[mirzoiy gumbaz|mirzoiy]], [[shalgʻamiy gumbaz|shalgʻamiy]] turlari, ayrimlarida [[qoʻsh gumbaz|qoʻsh]] (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi [[mehrobiy gumbaz]] bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, [[qaznoq]] va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari [[Oqtepa (tepaliklar)|Oqtepa]] ([[Toshkent]]), [[Afrosiyob]] ([[Samarqand]]) va [[Xorazm]] [[qalʼa]]larida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi [[bagʻal]]i [[ravoq]] shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan ([[Somoniylar maqbarasi]]). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi [[ganch]]kor [[muqarnas]]lar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan ([[Yassaviy majmuasi]]). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga [[gʻoʻla]]simon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan ([[Goʻri Amir]]). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga [[darcha]]lar ochildi, [[qobirgʻa]]li bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan ([[Yunusxon maqbarasi]], [[Tillakori madrasasi]] va [[Bibixonim jome masjidi]], [[Imom al-Buxoriy majmuasi]]), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan ([[Andijon jome masjidi majmuasi|Andijondagi jome masjid]]) foydalanilmoqda.
 
Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri gumbaz shaklidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, [[Oʻzbekiston milliy bogʻi]]dagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor gumbaz juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. Gumbaz shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.
 
== Adabiyotlar ==