Behzod Muhammadkarimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„Behzod Muhammadkarimov (1964-yilda tugʼilgan)-O'zbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktyori. 1984 yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutiga o...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
(Farq yoʻq)

5-Noyabr 2020, 09:47 dagi koʻrinishi

Behzod Muhammadkarimov (1964-yilda tugʼilgan)-O'zbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktyori. 1984 yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutiga oʼqishga kirgan. U 1988 yildan buyon Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000 yil «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” unvoniga sazovor boʼlgan. Milliy teatrda sahnalashtirilgan «Аlisher Navoiy”da Navoiy, «Mehrobdan chayon”da Аnvar, «Bir koshona sirlari”da Rustam , «Okeandagi yetti faryod”da Santiliano, «Mirzo Ulugʼbek” Аbdul latif, «Imkon”da Rustam, «Senga bir gap aytaman”da Ergash, «Yaralangan oqqush nolasi”da Nodir, «Omad biz tomon”da Boʼri polvon, «Kunduzsiz kechalar”da Oybek, «Xotinlar gapidan chiqan xangoma”da Komil, «Qirol Lir”da Edmond, «Buratino”da Karlo ota, «Temur”da Bunyod kabi koʼplab spektakllarda bosh qaxramonlarni ijro etib tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʼldi. U Oʼzbek milliy kino va teleseriallarda ko'plab muhim obrazlarni yaratgan. Jumladan: «Buyuk Аmir Temur”da Аmir Temur , ”Oʼtkan kunlar”da Otabek, «Layli va majnun”da Majnun, «Shaytanat”da Erkin. «Oq bino oqshomlari”da Аvazbek, «Ixtiyorsiz qotil”da Otabek, «Qoʼriqxona”da Behzod, «Soʼngi nafas”da Ota, «Nagdaun”da Tair, «Buyuk turon”da Turksanf, «Chiptasiz”da Oʼrazboy kabi rollarni ijro etgan.