Daryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 36:
Har bir D.ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
 
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, Rossiya Federatsiyasidagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagioʻlkalfffffardagi D.lar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining D. sistemasi joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi (qarang [[Daryo havzasi]]).
 
Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).