Daryo: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
k 185.139.136.247 tahrirlari Chongkian versiyasiga qaytarildi Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 36:
Har bir D.ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, Rossiya Federatsiyasidagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli
Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).
|