Insult: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[File:MCA Territory Infarct.svg|thumb|right|200px|Oʻng yarimsharida ishemik insult boʻlgan miyaning [[komputer tomografiyasi|KT tasviri]].]]
'''Insult''' ({{lang-la|insulto}} — chovut solmoq, hujum qilmoq) — [[bosh miya]]da [[qon]] aylanishning toʻsatdan buzilib, miya [[toʻqima]]sining zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi; miyaga qon quyilishi. [[Gipertoniya]] kasalligi, miya tomirlari aterosklerozi, [[anevrizma]], [[vaskulit]] va boshqa bir qancha kasalliklar insultga sabab boʻla oladi.
 
[[Gemorragik insult|Gemorragik]] va [[ishemik insult]]lar farq qilinadi. Gemorragik insult yoki [[apopleksiya]]da miyaga qon quyiladi. Garchi insult koʻpchilik odamlarda toʻsatdan paydo boʻlsada, biroq kasallik nishonasi oldindan seziladi. Masalan, gipertoniya kasalligi va [[ateroskleroz]]da miyaga toʻsatdan, koʻpincha kishi hayajonlanganda qon quyiladi. Baʼzan bosh gʻuvillaydi, ogʻriydi, aylanadi, boshda ogʻirlik seziladi. Qon quyilishi ([[gemorragiya]]) miya toʻqimasini yemirib, tegishli funksiyalarni buzadi; kishi hushdan ketib, qusadi, yuzi qizaradi, tez-tez chuqur, koʻpincha xirillab nafas oladi, pulsi tarang va siyraklashgan boʻladi, harorati koʻtariladi, [[siydik]] va [[najas]]i kelmay qoladi yoki beixtiyor chiqib ketadi. Hayot uchun xavfli bu holat 1—3 kun davom etib, keyin bemor hushiga keladi va miyaning biror sohasi zararlanganligini koʻrsatuvchi belgilar yuzaga chiqadi; koʻpincha gavdaning oʻng yoki chap qismi [[falaj]] boʻladi ([[gemiplegiya]]), bemor tildan qoladi yoki tuzuk gapira olmaydi. Bir necha oydan keyin falaj deyarli barham topishi, bemor yana tilga kirishi mumkin.