Oʻsimlik bitlari — versiyalar orasidagi farq

File
(→‎Adabiyot: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi)
(File)
[[File:Schizaphis graminum usda (cropped).jpg|thumb|Schizaphis graminum usda]]
 
'''Oʻsimlik bitlari''', shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi maʼlum. Tana uz. 0,5—6,0 mm, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qoʻngirgacha. Boshi kamharakat, sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati xartum koʻrinishida boʻlib, boshining orqa qismidan boshlangan boʻgʻimlardan tashkil topgan. Moʻylovlari 3—6 boʻgʻimli. Koʻpincha qanotsiz. Toʻptoʻp boʻlib yashaydi. Qanotlilari bir oʻsimlikdan boshqasiga koʻchib oʻtadi. Oʻsimlik bitlarining rivojlanish sikli: odatda, tuxum holida ikki yoki koʻp yillik oʻsimliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urgʻochi — asoschi vujudga kelib, 50—70 lichinka tugʻadi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tugʻib koʻpayadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish sikli urugʻlangan tuxum qoʻyish bilan tugallanadi (mas, dukkaklilar va lavlagi Oʻ.6.). Oʻsimlik bitlarilarining rivojlanish davri havo haroratiga bogʻliq holda 3—20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urgʻochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urgʻochilar kuniga 1—2 lichinka, qanotsizlari esa 5—10 lichinka tugadi. Ozgina yogʻingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, surunkasiga yoqqan shiddatli yomgʻirlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. Oʻsimlik bitlari bargnovdadagi shirani soʻradi. Natijada oʻsimlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qingʻirqiyshiq oʻsishi, toʻqimalarning kasallanib shish, bujgʻun va boshqalar har xil oʻsimtalar hosil qilishiga sabab boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning hosildorligi 15—20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, Oʻsimlik bitlari kasal oʻsimlik shirasini soʻrish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham.
 
91

ta tahrir