Moviy masjid: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Masjid |Oʻzbekcha nomi = Moviy masjid<br>Hazrat Ali maqbarasi |Asl nomi = |Tasvir = Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg |Tasvi...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
+
Qator 56:
 
Aytilishicha, Hazrat Alining jasadi, uning vasiyatiga koʻra, dastlab [[Bagʻdod]] yaqinidagi [[Najaf]] shahrida dafn etilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Hazrat Alining avlodlariga hurmatsizlik koʻrsatilgandan soʻng, uning jasadi [[Abu Muslim]] tomonidan [[Balx]]ga olib boriladi va Hayron degan qishloqda yashirincha koʻmiladi<ref name="Azon2"/>.
[[Tasvir:KhuseynBaykara.jpg|thumb|left|[[Husayn Boyqaro]] tasviri]]
 
Rivoyatlarga koʻra, [[Saljuqiylar]] hukmronligi davrida, Balxda [[Ali]]ning gʻishtin qabri Hayron qishloq aholisining yerga ishlov berish ishlari mobaynida tasodifan aniqlanadi. Unda [[Qurʼon]], [[Zulfiqor|qilich]] va goʻyoki, yaxshi holatda saqlanib qolgan Hazrat Alining jasadi boʻladi<ref name="Islamtoday">{{cite web|url=https://islam-today.ru/obsestvo/igry/golubaa-mecet-v-mazari-sarife/|title=Голубая мечеть в Мазари-Шарифе|website=Islam-today.ru|accessdate=2020-11-01|deadlink=no}}</ref>. Qabr ustiga [[Sulton Sanjar]] (1118—1157) tashabbusi bilan maqbara quriladi. XIII asrda, [[Moʻgʻullar istilosi]] sabab qabr koʻmib yuboriladi. [[1481-yil]]ga kelib esa, maqbara qayta ochiladi. Shu yilning oʻzida, [[Husayn Boyqaro]] (1469—1506) tashabbusi bilan bu yerda meʼmoriy majmua: yangi maqbara va katta masjid quriladi. Masjidning gumbazlari moviy rangda boʻlgani bois majmua xalq orasida Moviy masjid deb atala boshlaydi<ref name="Azon2"/>.