Hayvonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.78.32 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Hayvonlar''', hayvonot dunyo-s i (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. H.ning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. H.ning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali H. — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690—570 mln. yil av.) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570—490 mln. yil av.) "tashqi mineral skeletli" (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445—400 mln. yil av.) H. oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400—345 mln. yil av.) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345—280 mln. yil av.) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruv-chilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230—66 mln. yil av.) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 mln. yil av.) di-nozavrlar, bu davr oxirida sut emi-zuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195— 136 mln. yil av.) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136— 66 mln. yil av.) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuv-chilar egallaydi.
 
H. — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. H.da metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: mus-kul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi H. uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sel-lyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq H. bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Mas, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida H.ga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (mas, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). H. bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. H. va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.