Zarautsoy rasmlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Olaf Studt (munozara | hissa)
Qator 1:
'''Zarautsoy rasmlari''' - [[Oʻzbekiston]] hududidagi eng qadimgi qoyatosh [[rasmqoyatosh rasmlari]]lari. [[Hisor tizmasi]]ning janubi-gʻarbida. [[Koʻhitang tizmasi|Koʻhitang togʻi]]ning sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy [[dara]]sidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100– 110 km shimoli-gʻarbda. 1912 yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940—45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan oʻrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Z.r.da odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar ([[qoramol|yovvoyi buqa]], [[it]], [[tulki]], yovvoyi [[choʻchqa]], [[burama shoxli echki]], [[jayran]], [[togʻ echkilari|togʻ echkisi]], [[hasharot]] va b.), turli buyumlar ([[oʻq-yoy|oʻqyoy]], [[nayza]], [[oʻroq]]simon qurollar), niqoblangan odamlar va b. oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan. Z.r. ibtidoiy sanʼatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish "[[qizil kitob]]"iga kiritilgan.
 
== Adabiyot ==