Amir Nasrulloh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Turkum
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.
 
Nasrullaxon Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun Qoʻqon xonlari tomonidan tortib olingan Xoʻjand, Ura-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi (1840—42).

== Qoʻqon xonligiga qarshi urush 1841-1842 ==
Fargʻona vodiysi ulamolarining tala-bi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixotsh qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabetmnp ham oʻldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahal-liy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirdi. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketadi. Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga boʻysindiradi (1843).
== Shahrisabzga qarshi urush ==
Shuningdek, Nasrullaxon qoʻshini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan soʻng Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valineʼma)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi.
 
Nasrullaxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya man-faatlari oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi.
 
Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy "Fathnomai sultoniy" ("Sulton fathnomasi") asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yoshAhmad Donish Nasrullaxon nazariga tushib, sa-royga xizmatga olingan. Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.
== Oʼlimi ==
Nasrullaxon 1860 yilning 5 oktabrida<ref>О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре, Записки Мирзы-Шемса Бухари, изданный в тексте, с переводом и примечаниями, В.В.Григорьевым. Казань,1861, 91 bet</ref> vafot etadi va Buxoroda dafn etilgan.
 
== Adabiyot ==
Qator 14 ⟶ 21:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}